Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIDAGI QURILISH JARAYONLARINING BORISHI BILAN TANISHILDI
2024-09-12 22:46:47 429
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Marg’ilon shahridagi o’rganishlari davomida Yangihayot ko’chasida joylashgan 75 gektar yer maydonida bunyod etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massividagi qurilish jarayonlarining borishi bilan tanishdi.
Massivda hozirda 11 ta 12 va 16 qavatli turar joy binolari qurilishi boshlangan. Viloyat hokimi shu joyda qurilish–pudrat tashkilotlari rahbarlari, quruvchi va me'morlar bilan muloqot o’tkazdi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli va belgilangan muddatda bitkazilishi bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Ma'lumot uchun, “Yangi O’zbekiston” massivida zamonaviy mezonlar asosida qad rostlaydigan ko’p qavatli uylardan tashqari, loyiha qiymati 50 mln. dollar bo’lgan savdo kompleksi, biznes markazi hamda 2 ta maktab, 6 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti va 2 ta ko’p tarmoqli tibbiy klinika qurilishi ham ko’zda tutilgan.
O’z navbatida yangi massivda turar–joy binolariga qo’shimcha ravishda aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun ko’ngilochar maskanlar ham barpo etiladi. Landshaft arxitekturasi asosida yashil xiyobonlar tashkil etiladi hamda manzarali daraxtlar alleyalari yaratiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram