Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA NODAVLAT TA'LIM MUASSASALARI SONI YANA BITTAGA KO’PAYDI

×

 2024-09-14 11:38:51    946

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida “Yuksalish” xususiy maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani yangi bilim dargohi bilan tabriklab, yurtning taraqqiyotida, inson hayotida ko’zlagan maqsadlariga erishishida faqat ilm kerakligini, u katta kuch ekanligini ta'kidladi. Mamlakatimizda ta'limga qaratilayotgan katta e'tibor zamirida bilimli, salohiyatli yoshlarni tarbiyalashdek ezgu maqsad mujassamligi, bu borada xususiy maktablar ham o’zlarining hissalarini qo’shayotganligi qayd etildi.

“Yuksalish” hususiy maktabi viloyatimizda o’z faoliyatini 2022 yilda boshlagan bo’lib, ushbu maktabda bugungi kunda 1 sinfdan 8 sinfgacha 600 nafar o’quvchilarga 120 nafar pedagog xodimlar ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.

Yangi o’quv binosiga 38 mlrd. so’m mablag’ sarf etilib, 1000 o’rinli o’quvchi o’rni yaratildi. Maktab matematika, ingliz tili, kimyo, biologiya, fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan. Shuningdek, robototexnika, 3D, SMM, sun'iy intellekt kabi zamonaviy fanlar ham o’qitiladi.

Ramziy lenta qirqilgach, mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram