
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRINING BOSH REJASI (KORREKTURA) LOYIHASI ISHLAB CHIQILMOQDA

2024-09-14 21:39:19 10082
Prezidentimizning 2023 yil 12 sentyabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan “O’zshaharsozlik LITI” DM tomonidan Farg’ona shahrining bosh rejasi (korrektura) loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ekoshahardagi Lola Murotova nomidagi qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida mazkur loyihaning taqdimoti bilan tanishdi.
Bugungi kunda dastlabki ma'lumotlar yig’ilib, loyiha taklifi (eskiz loyiha) ishlab chiqildi. Ushbu loyiha taklifi asosan 3 ta yo’nalishda ishlanmoqda, jumladan, birinchidan shaharning transport strukturasi, ikkinchidan shaharni renovatsiya va konservatsiya hududlariga ajratish, uchinchidan shaharning rekonstruktsiya qilinadigan hududlarni belgilash ishlari ishlab chiqilib, loyihalar yakuniga yetkazilmoqda.
Viloyat rahbari loyiha bilan tanishib, shaharning bosh rejasini yanada takomillashtirish, bu jarayonga malakali mutaxassislarni jalb etish kabi yo’nalishlarda mas'ullarga topshiriqlar berdi. Xususan, sel yo’llarini mustahkamlash, yer osti suvlarini sathini pasaytirish, bosh rejani har bir yo’nalishi bo’yicha solishtirma tahlillar qilish, yashil jamoat parklarini ko’paytirish vazifasi topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram