Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDAGI PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARI UCHUN JORIY YIL “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA 24 MILLIARD 452 MILLION SO’M MABLAG’ AJRATILDI
2024-09-16 10:11:45 641
Farg’ona viloyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan “Tashabbusli byudjet”ning birinchi va ikkinchi mavsumida samarali ishlar amalga oshirildi. Loyihaning birinchi mavsumi yakunlariga ko’ra, viloyatdagi 12 ta professional ta'lim muassasalari (7 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta kollej, 4 ta texnikum) jamoasi tomonidan 16 mlrd. 600 mln. so’m mablag’ yutib olindi.
Loyihaning ikkinchi mavsumida esa 6 ta professional ta'lim muassasalari tomonidan 7 mlrd. 852 mln. so’m mablag’ uchun g’oliblik qo’lga kiritildi.
Bu mablag’lar mazkur ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, isitish tizimi, bino va inshootlarni ta'mirlash, o’quv va amaliyot xonalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun yo’naltirildi. Buning natijasida professional ta'lim muassasalaridagi ta'lim tizimi sifat jihatdan yuksalishi ko’zda tutilmoqda.
Ta'kidlash kerak, professional ta'lim muassasalari o’rtasida “Tashabbusli byudjet” loyihasida eng ko’p ovoz olib, g’oliblikni qo’lga kiritish bo’yicha viloyatimiz respublikada eng yuqori natijani qayd etgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram