Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV BANGLADESHNING O’ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI MUHAMMAD MONIRUL ISLOMNI QABUL QILDI

×

 2024-09-16 14:41:02    883

PDF yuklash
Chop etish


Uchrashuvda Farg’ona viloyati bilan Bangladesh davlati o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar doiralarini kengaytirish, jumladan, to’qimachilik, qishloq xo’jaligi, farmatsevtika, terini qayta ishlash, AYti sohalarida hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda dastlab viloyat rahbari Farg’ona viloyatining iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari, infratuzilma va logistika sharoitlari bilan tanishtirdi. Bangladesh Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarni yanada rivojlantirishda hududlararo hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta'kidladi.

Muhammad Monirul Islom Farg’ona viloyati va Bangladesh davlati o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to’xtaldi hamda bu boradagi aloqalarni jadallashtirish bo’yicha fikr almashildi. Xususan, elchi to’qimachilik sanoatida birga ishlashga tayyorligini aytib, bangladeshlik mutaxassis va muhandislarni viloyatga yuborishni bildirdi. Shuningdek, charm-poyabzal, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, savdo-sotiq sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, raqamli texnologiyalar bo’yicha viloyatdagi oliy o’quv yurtlari bilan aloqalarni o’rnatish masalalariga to’xtaldi. Bangladeshda farmatsevtika sohasi rivojlanlanganligi, 140 dan ortiq davlatlarga mahsulotlar eksport qilinayotganligi qayd etilib, bu yo’nalishda hamkorlik qilish bo’yicha fikr bildirildi. 

Viloyat rahbari barcha sohalarda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirib, yaqin kunlarda farg’onalik tadbirkorlar guruhini Bangladeshga yuborishligini ma'lum qildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram