
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI RISHTONDAGI ISHGA TUSHIRILGAN MIKROLOYIHALARNING FAOLIYATINI KO’ZDAN KECHIRDI

2024-09-17 10:06:16 504
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanidagi mahallalarda tadbirkorlik, aholi bandligini ta'minlash hamda kambag’allikni qisqartirish yo’nalishidagi ishlarning holatini o’rgandi. Ishga tushirilgan mikroloyihalarning faoliyatini ko’zdan kechirdi.
Farovonlik MFYda tadbirkor Boburmirzo Abdumalikov tomonidan non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilgan. Ayni kunlarda bu yerda 62 nafar yoshlar ish bilan band. Shuningdek, tadbirkor yaqinda Navbahor mahallasida shunday tarmoqni ishga tushirib, 60 ta ish o’rni yaratdi. Viloyat rahbari korxona faoliyati hamda tadbirkorning rejalari bilan tanishdi. Tadbirkorning Turkiyadan texnologiyalar olib kelib, tarmoqni kengaytirish maqsadida bankdan kredit olish masalasidagi murojaati bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Xayrullo Bozorov Toshog’oliq MFYning bo’sh turgan binosida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasida bo’lib, ish jarayonini ko’zdan kechirdi. Tadbirkor Ulug’bek Abdullajonov yaqinda mazkur tarmoqni tashkil etdi hamda 30 ta xotin-qizlar ishga qabul qilindi. Kasanachilik asosida ham 50 nafardan ortiq ayollar mehnat qilmoqda.
Viloyat rahbari “Olimjon Ilyosbek”, “Yulduz gulasal” korxonalarida bo’lib, chinni ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi. Viloyat rahbari chinni va keramika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxonalarda sifatga e'tibor qaratish, ish o’rinlarini ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, Xurramobod MFYdagi Inomjon Qurbonov xonadonida o’rikni quritib undan bargak tayyorlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu orqali 50 nafarga yaqin mahalliy aholi bandligi ta'minlanayotganligi holati joyiga borib ko’rildi. Ular tomonidan quritilgan o’rik mevasi bugun nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham xaridorgir bo’lmoqda. Bugungi kunda mahallada 50 ga yaqin xonadon shu ishlar bilan shug’ullanmoqda.
Viloyat rahbari jarayonlarni ko’zdan kechirar ekan, mahsulotlar sifatiga e'tiborni kuchaytirish, zamonaviy dastgohlar asosida ishlash, mahsulotlarni xorij bozorlariga eksportini kengaytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram