Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 276 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI TURKIYANING SENOMED INTERNATIONAL KOMPANIYASI HAMMUASSISI NURKAN TOKSOYNI QABUL QILDI

×

 2024-09-18 12:35:11    988

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning Senomed international kompaniyasi hammuassisi Nurkan Toksoyni qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimiz va Turkiya ishbilarmonlari hamkorligiga hissa qo’shib kelayotgan tadbirkor Bilal Shirin ham ishtirok etdi.

Ushbu kompaniya bir yil oldin Farg’onada 2 mln.dollar investitsiya hisobiga “Meridian” tibbiyot markazi bilan hamkorlikda ko’z kasalliklari klinikasini tashkil etishga kirishgan bo’lib, ko’z kasalliklarini davolash uchun zarur bo’lgan dastlabki jihozlar keltirilib, bemorlar davolanmoqda.

Bugungi uchrashuvda ushbu klinikaga ikkinchi yangi jihozlarni olib kelish bilan bog’liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Farg’onada sog’liqni saqlash sohasida keng imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo’lganini qayd etgan Nurkan Toksoy, bemorlarning davolanishlari uchun kompaniya tomonidan ham barcha sharoitlar yaratishga kirishganini ma'lum qildi. Ko’z lazer jihozi hali O’zbekistonga kirib kelmagan, birinchi marotaba Farg’onaga olib kirilyapti, ko’z kasalliklari sohasida yetuk professorlar jalb etilib, bu yerdagi shifokorlarni ushbu jihozlar bilan ishlash bo’yicha ko’nikma va malakalarini oshirish bo’yicha ham ishlar olib borilishi bo’yicha ma'lumotlar berildi. Loyiha amalga oshirilganidan so’ng ko’z kasalliklari bo’yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazish taklifi ham bildirildi.

Viloyat hokimi bu kabi istiqbolli loyihalar orqali viloyatga investitsiya kiritib, ko’z kasalliklari bilan aziyat chekayotgan bemorlarni ilg’or tibbiy jihozlar asosida davolayotganligi uchun Nurkan Toksoyga tashakkur bildirib, yangi jihozlarni olib kelish bo’yicha ham barcha kerakli yordamlar ko’rsatilishini bildirdi.

Uchrashuvda shuningdek, viloyatimizda zamonaviy mehmonxonalar qurilishi va qishloq xo’jaligi sohalarida istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritish bo’yicha ham fikr almashildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram