Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 250 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI QUVA TUMANIDA BO’LIB, SANOAT, MAHALLABAY ISHLASH, TADBIRKORLIK, QISHLOQ XO’JALIGI, QURILISH, TURIZM KABI YO’NALISHDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLARNI BELGILAB BERDI

×

 2024-09-18 21:40:37    711

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanida bo’lib, sanoat, mahallabay ishlash, tadbirkorlik, qishloq xo’jaligi, qurilish, turizm kabi yo’nalishda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab berdi. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida har bir soha uchun mas'ullar biriktirildi.

Dastlab Turk MFYda barpo etilayotgan yangi ko’p qavatli uylar va uning hududi ko’zdan kechirildi. Bu yerni obodonlashtirish, yangi uylar qurilishini tezlashtirish, yashil maydonlarni ko’paytirish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Mazkur hududda 50 gektar maydonda yangi sanoat zonasi tashkil etilyapti. Viloyat rahbari sanoat zonasi uchun ajratilayotgan yer maydonini borib ko’rdi. Dastlab 15 gektar maydonda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda namunali sanoat zonasini barpo etish borasida ko’rsatmalar berildi.

“Karkidon” suv ombori atrofida o’zlashtirilmagan 1,6 ming gektar adir maydonlarida qiymati 24 mln. dollarlik gilos, shaftoli, bodom, o’rik bog’lari tashkil qilish bo’yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga baliqchilikda ham istiqbolli loyihalar ishga tushiriladi.

Shu yerda joylashgan Turk kichik sanoat zonasining faoliyati viloyat rahbarining e'tiroziga sabab bo’ldi, tuman sektorlari rahbarlariga har bir loyihani tahliliy-tanqidiy o’rganish va samarali yo’lga qo’yish vazifasi topshirildi.

Viloyat hokimi Quva tumani kasb-hunar maktabida ham bo’lib, ushbu kasb-hunar maktabini ta'mirlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish topshirig’i berildi. Xonalar o’rgatiladigan kasb-hunarlar talabidan kelib chiqib loyihalashtirish lozimligi ta'kidlandi.

Bugungi kunda Qaqir MFYni tumanning eng obod va namunali hududiga aylantirish ishlariga kirishilgan. Xayrullo Bozorov mas'ullar bilan uchrashuvida hududning qiyofasini yangilash, loyihalarni ishga tushirish, har bir oilani daromadli qilish, aholi bandligini ta'minlash, mahallani atirgulchilik, ko’chatchilikka ixtisoslashtirish kabi yo’nalishlarda amalga oshiriladigan vazifalarga e'tibor qaratdi. Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta'minlash bo’yicha topshiriqlar berildi.

Tumanni eksport salohiyatini oshirish, investitsiya jalb qilish maqsadida Mustaqillik mahallasi hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan logistika markazi bilan tanishildi.

Tumandagi istirohat bog’i ham yangi qiyofa kasb etishi rejalashtirilgan. Viloyat rahbari bog’ning faoliyatini ko’zdan kechirib, loyihani takomillashtirish, aholi uchun barcha sharoitlar yaratish zarurligini ta'kidladi.

Viloyat rahbari Ahmad Farg’oniy xiyobonidagi “Shahriston Qubosi” arxeologiya yodgorligini borib ko’rdi. Bu yerda osmon ostida muzey tashkil etish bilan bog’liq masalalarda ko’rsatma va topshiriqlar berildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram