Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“JO’RAXON SULTONOV VA MA'MURJON UZOQOV” NOMIDAGI YOSH IJROCHILAR RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVI O’TKAZILDI

×

 2024-09-18 22:06:44    1333

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, O’zbek milliy maqom san'ati markazi, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida “Jo’raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda Respublikamizning turli hududlaridan 70 dan ziyod professional hamda havaskor xonanda va sozanda ijrochilar ishtirok etishdi.

Kecha, 17 sentyabr kuni Farg’ona shahridagi viloyat teatr va kontsert saroyida “Jo’raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqov” nomidagi yosh ijrochilar respublika ko’rik-tanlovining nomzodlarini saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlov nizomiga ko’ra, ishtirokchilar ustoz san'atkorlar qo’shiqlarini sahnada ijro etdilar. Ular hakamlar tomonidan munosib baholab borildi.

Bugun ushbu ko’rik-tanlovning taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Navoiy viloyati vakili Sherzod Mardonov ko’rik-tanlovning mutloq g’olibi bo’ldi. Surxondaryo viloyatidan ishtirokchi Nodir Vahobov hamda viloyatimiz vakilasi Layloxon Saynazarova 2-o’rinni egalladi. Yana bir viloyatimiz vakilasi Mubinaxon Jo’rayeva, Toshkent viloyatidan vakil Salohiddin Abdufattoyev hamda Namangan viloyatidan ishtirok etgan Otabek Isoqov ko’rik-tanlovning 3-o’riniga munosib ko’rildi.

Ko’rik-tanlov g’oliblari tantanali ravishda diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram