Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDA XITOY KOMPANIYASI INVESTITSIYASI HISOBIDAN 150 MVT (300 MVT SOAT) BO’LGAN ELEKTR ENERGIYASINI SAQLASH TIZIMI BARPO ETILMOQDA.

×

 2024-09-20 20:01:01    1031

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda O’qchi qishlog’ida Xitoyning “China Energy Construction Gezhouba Overseas Investment Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo’lgan elektr energiyasini saqlash tizimini bunyod etish ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining shu yilning 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyiha qurilishiga start berilgan edi. Istiqbolli va yirik loyihani amalga oshirish uchun Xitoy kompaniyasi tomonidan 144 mln. dollar miqdoridagi to’g’ridan-to’g’ri investitsiya yo’naltirilgan.

Ayni kunlarda loyiha konstruktsiyalarining asosiy qismi qad rostlab, qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Xitoydan keltirilgan, har birining quvvati 2 MVt bo’lgan, jami 90 dan ziyod ulkan akkumulyator batareyalari belgilangan manzilga o’rnatildi. Bunyodkorlik ishlarida 400 nafar quruvchi-mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Loyiha shu yil yakuniga qadar to’liq ishga tushirilishi ko’zda tutilgan.

Viloyat rahbari Xitoy kompaniyasi vakillari, soha mutaxassislari bilan mamlakatimizda energetika tizimini ekologik jihatdan modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik loyihaning borishini muhokama qildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram