Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


AHOLI FAROVONLIGI VA BANDLIGINI TA'MINLASHDA TADBIRKORLIKNING O’RNI KATTA.

×

 2024-09-20 20:32:04    1055

PDF yuklash
Chop etish


Shu bois, bugungi kunda tadbirkorlar har tomonlama qo’llab-quvvatlanyapti, ularni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ishga solinyapti.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda O’zbekiston tumanida bo’lib, bu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi.

Dastlab yaqinda ishga tushgan mevalarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Bundan ikki yil avval “Barakali Oila” MChJ rahbari, tadbirkor va dehqon Hayotjon Xaqqulov Jonobod mahallasi hududidagi ana shu qir-adirliklarda 20 gektar yerni o’zlashtirib, yangi bog’ tashkil etgan edi. Bugun u o’z faoliyatini yanada kengaytirib, mevaga kirayotgan yangi bog’ga tutash hududda mevalarni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash loyihasining 1-bosqichini ham ishga tushirdi.

Loyihaning dastlabki bosqichini yo’lga qo’yish uchun 2 mlrd. so’m mablag’ sarflanib, bunda quruq mevalarni saralash, quritish, ishlov berish va qadoqlash ishlari amalga oshiriladi. 30 dan ziyod ish o’rni yaratilgan korxonada qadoqlangan mahsulotlar dastlab Xitoy davlatiga eksportga yo’naltirilishi, keyinchalik esa eksport geografiyasini yanada kengaytirish ko’zda tutilgan. Ikkinchi bosqichda xo’l mevalarni saqlash uchun 1500 tonna maxsus muzlatkich-omborxona ham qurilib, xo’l mevalarni ham quritish va qadoqlash faoliyati yo’lga qo’yiladi. Buning uchun qo’shimcha 5 mlrd. so’m yo’naltirilib, ishchilar sonini 200 nafarga, yillik eksport hajmini esa 100 ming dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Viloyat rahbari Dahanaqaqir mahallasida Rossiyaning “Liga” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Maryam mebel” mebel ishlab chiqarish korxonasida bo’ldi. Zamonaviy va yuqori sifatli mebellar ishlab chiqarish xamda soha mutaxassislarini kasbga tayyorlashga ixtisoslashgan mazkur loyiha tadbirkor Avazbek Valiyev tashabbusi bilan yo’lga qo’yilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 1,5 mln. dollarni tashkil etadi. Yillik 3500-5000 dona mebel ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan korxonadagi mavjud o’quv kurslarida bugun ushbu kasbga qiziquvchi ko’plab mahalliy yoshlar malakali mutaxassislardan soha sir-asrorlarini puxta o’zlashtirishmoqda.

Viloyat rahbari tomonidan ish o’rinlarini, mahsulotlarning turini ko’paytirish, sifatli va hamyonbop mahsulotlar ishlab chiqarish borasida ko’rsatmalar berildi.

“Kichik Tagob” kichik sanoat zonasida barpo etilgan neftni qayta ishlash kichik zavodi faoliyati bilan tanishildi.

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgan “For You” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli mazkur zavodning umumiy qiymati 3 mln. dollarni tashkil etadi. Shundan 500 ming dollar tashabbuskorlarning o’z mablag’i hisobidan, 2,5 mln. dollar esa xorijiy investitsiya jalb etildi.

Yiliga 50 ming tonna neft mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan korxonaga Xitoyning avtomatlashtirilgan texnologiya va uskunalari o’rnatildi. Benzin, dizel va mazut mahsulotlari ishlab chiqarilayotgan zavodning birinchi bosqichi ish tushishi natijasida 35 nafar hamyurtlarimizning bandligi ham ta'minlandi.

Shu yerda faoliyat olib borayotgan polipropilen konvert qop ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ham ko’zdan kechirildi.

“Tsement xomashyo savdosi” MChJ qoshida tashkil etilgan mazkur korxona yiliga 60 mlrd. so’mlik 36 mln. 500 dona zamonaviy polipropilen qop tayyorlash quvvatiga ega. Loyihani amaliyotga joriy etish uchun 3 mln. dollarga teng investitsiya yo’naltirilgan.

Korxonaga zarur bo’lgan 2,5 mln. dollarlik dastgoh va uskunalar Xitoy davlatidan keltirilib, o’rnatilgan. Bu yerda 100 kishi ish bilan ta'minlangan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram