Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI O’ZBEKISTON TUMANIGA TASHRIFI DAVOMIDA ISLOM MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI KO’ZDAN KECHIRDI

×

 2024-09-20 20:54:32    1113

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston tumaniga tashrifi davomida mahallalarni ishsizlikdan holi hududga aylantirish, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o’rgandi.

Ayni yo’nalishda Islom mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

Mahalladagi mavjud 550 dan ziyod xonadonning aksariyati kasanachilik asosida quruq va xo’l mevalarni qayta ishlash hamda saralash bilan shug’ullanadi.

Bunda mahallada istiqomat qilib, ayni yo’nalishda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlarning hissasi ulkan. Jumladan, ham mahalla raisi, ham eksportyor tadbirkor Ilhomjon Mamatqulov rahbarligidagi “Yahyohon Trade 2020” oilaviy korxonasiga 450 ta xonadon biriktirilgan. Ya'ni nafaqat Islom mahallasi balki qo’shni mahallalarda ham yashovchi 450 nafar fuqarolar kooperatsiya asosida mazkur korxona yordamida bandligi ta'minlanib, kunlik munosib daromadga ega bo’lmoqdalar.

Korxonaning xonadonlardagi aholi vakillari yordamida quritilib, qayta tayyorlanayotgan yillik 5 ming tonna, qiymati esa 10 mlrd. so’mlik meva va qishloq xo’jaligi mahsulotlari Rossiya, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksportga ham yo’naltirilmoqda.

Xayrullo Bozorov bu yerda aholi bilan muloqot qildi, har bir oila harakat qilsa yaxshi daromadga ega bo’lishini ta'kidladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram