Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 266 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV O’ZBEKISTON TUMANIDAGI MAHALLALARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MIKROLOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2024-09-20 23:46:32    1036

PDF yuklash
Chop etish


Islom mahallasida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida faoliyat olib borayotgan tikuvchilik korxonasi faoliyati ham ko’zdan kechirildi. “Yaypan diamond” MChJ tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik tarmog’ida 80 nafar xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Mahsulotlar asosan Rossiyaga eksport qilinyapti. Shu yerdagi yana bir tikuvchilik korxonasida esa 30 ta ish o’rni yaratilgan.

Viloyat rahbari tadbirkorlarga tarmoqni yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida ko’rsatmalar berdi.

“Hakimjon Sodiqjon” oilaviy korxonasida don va dukkakli ekinlarni tozalash va saralash tarmog’i tashkil etilgan. Bu yerdagi dastgohlar mahalliylashtirilgan bo’lib, buyurtma asosida tayyorlanib berilyapti.

Viloyat hokimi korxona rahbari Salimjon Erkaboyevning rejalari bilan qiziqdi. Uning mahsulotlarni eksport qilish va elektr energiyasi bilan bog’liq masalasi nazoratga olindi.

Tuman markazidagi Turkiston MFY Ulug’bek ko’chasida tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko’rsatish majmuasi barpo etilmoqda. Xizmat ko’rsatish va savdo ob'ektlarining barchasi haftada 7 kun, 24 soat aholiga xizmat ko’rsatishi belgilangan. Viloyat rahbari bu yerdagi ishlarni ham borib ko’rdi.

Qushqo’noq MFYda tadbirkor Shavkatjon Turdiyev tomonidan tashkil etilgan savdo va xizmat ko’rsatish markazi ko’zdan kechirildi. Bu yerda tikuvchilik, o’quv markazi ham faoliyat ko’rsatmoqda. 

“Qorayozbobo” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi chorvachilikda katta tajribaga ega. Ayni paytda bu yerda 1210 bosh naslli qoramollar parvarishlanyapti.

Viloyat rahbari chorvachilik tarmog’idagi ish jarayonini borib ko’rdi. Naslli mollarni ko’paytirish, sut ishlab chiqarishni oshirish borasida ko’rsatmalar berildi.

Qoratepa MFYda yaqinda “Munavvar tekstil” korxonasi ish boshlab, 100 ga yaqin ayollar ish bilan ta'minlandi. Viloyat rahbari uning faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksportni yo’lga qo’yish borasida topshiriqlar berdi.

“Metall gold produkt” MChJda suv va gaz kranlari ishlab chiqarilmoqda. Viloyat hokimi bu yerda bo’lib, korxonani ko’zdan kechirdi, tadbirkorning yangi loyihasi bilan tanishdi. Tadbirkor Abdulhamid Mirzaboyev xitoyliklar bilan hamkorlikda 1 mln. dollarlik loyihani amalga oshirish harakatida. Uning joy va bojxona bilan bog’liq masalalari tegishli mas'ullarga yo’naltirildi.

Shu yerda yangi tashkil etilayotgan “Sulaymon” maxsus sanoat zonasida loyiha amalga oshirmoqchi bo’lgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Viloyat rahbari har bir loyiha samarali bo’lishi, yangi ish o’rinlariga xizmat qilishini alohida qayd etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram