Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BUGUN VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV GERMANIYANING “TEAMDRESS HOLDING GMBH” KOMPANIYASI MENEJERI BIRGER XORNDALNI QABUL QILDI
2024-09-23 15:04:28 774
Uchrashuvda kompaniya tomonidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi masalalar muhokama qilindi.
“Teamdress Holding GmbH” Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida "Teamdress Fergana" korxonasini tashkil etib, yuqori sifatli maxsus kiyim-boshlar ishlab chiqarilmoqda. Loyiha qiymati 3,2 mln yevroni tashkil qiladi. 200 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan. Mahsulotlar to’liq eksportga yo’natirilgan.
Shuningdek, Marg’ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o’quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, ta'lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyani ta'minlashga qaratilgan dual ta'lim tizimi joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi kompaniyaning loyihalarini qo’llab-quvvatlab, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, ish o’rinlarini ko’paytirish zarurligini ta'kidladi.
Birger Xorndal loyihaning keyingi bosqichlari, shuningdek, bog’cha, bolalar maydonchasini tashkil etish haqida ma'lumot berib o’tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram