
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QUVASOY SHAHAR SUFON MFYDAGI 15-SONLI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI QAYTA TA'MIRLANIB, ZAMONAVIY VA KO’RKAM QIYOFA KASB ETDI

2024-09-25 08:41:57 782
Mazkur maskanning ochilishi katta shodiyonaga aylandi. Unda viloyat sektorlari rahbarlari, nuroniylar hamda mahalla ahli ishtirok etishdi.
Tadbirda so’zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta'limni rivojlantirish borasidagi islohotlarga to’xtalib, buning zamirida sog’lom va barkamol avlodga bo’lgan e'tibor mujassamligini aytib o’tdi. Viloyatimizda ham maktabgacha ta'lim qamrovi yildan–yilga oshayotgani, bu yil 82 foizga yetganligi, yangi bog’chalar, oilaviy, davlat-xususiy sherikchilikdagi muassasalar ko’payib borayotganligini ta'kidladi. Viloyat IIB rahbariyatining tashabbusi bilan ta'mirlangan mazkur muassasa ham xayrli ishlardan biri bo’lganligini qayd etib o’tdi.
Bog’cha 1978 yilda qurilgan bo’lib, binosi yillar davomida ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Maskan viloyat ichki ishlar boshqarmasi homiyligi asosida rekonstruktsiya qilindi. Yangi jihozlar bilan to’liq ta'minlanib, zamonaviy ko’rinishga keltirildi.
Tadbir ishtirokchilari maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar bilan tanishdilar. Nuroniylar yosh avlodga yaratilayotgan bunday sharoitlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram