Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI UCHKO’PRIK TUMANIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN YANGI INVESTITSION LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2024-09-26 20:23:57    922

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga bugun Uchko’prik tumanida bo’lib, “Qo’qon” EIZda hamda KSZlarda amalga oshirilayotgan yangi investitsion loyihalar bilan tanishdi.

Dastlab Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi tomonidan “Qo’qon” EIZ hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish bo’yicha amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihaning qurilish jarayonlari ko’zdan kechirildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning 2023 yilda Xitoyga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga xitoylik investorlarning 50 mln. dollar to’g’ridan-to’g’ri investitsiyasi yo’naltirilgan. Qurilish ishlari o’tgan yilning noyabr oyida boshlangan bo’lib, hozirda jadallik bilan davom etmoqda. Ushbu korxona ishga tushishi natijasida yiliga 9,5 mln. kv.m kafel mahsulotlari ishlab chiqariladi, yillik 40 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi ko’zda tutilgan.

Viloyat hokimi investorlar bilan oldinda turgan masalalar bo’yicha suhbatlashdi.

Keyingi manzilda tadbirkor Usmonali Ergashev tashabbusi bilan shu oy boshida ishga tushirilgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi katta korxonadagi ish jarayonlari ko’zdan kechirildi. Tadbirkor ushbu korxona uchun hozirda 1 mln. dollarlik sarmoya kiritgani, 250 nafar mahalliy ayol-qizlar ish bilan ta'minlanganini ma'lum qilib, korxonani to’la quvvatda ishga tushirish hisobiga ish o’rni sonini 1,5 mingtaga yetkazishni maqsad qilgan.

Viloyat hokimi tadbirkor ishini yuqori baholab, joydan unumli foydalanib, binoni ko’p qavatli qilib qurish kerakligi bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Doston Mamajonov 2 oy oldin ishga tushirgan plyonka mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi bilan tanishtirdi. Hozirda ushbu korxonada 2 smenada ish tashkil qilinib, 12 nafar ishchi-xodim band. Ularga 3-5 mln. so’mgacha ish haqi to’lab berilmoqda. 1 oyda 15-20 tonna plyonka mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.

Kozimjon Ne'matov 14 sotix sanoat zonadan joy olib, u yerda ko’rpa-pokrival ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. 20 ga yaqin ish o’rni yaratdi. Oyiga 3 mingta 5 xil turdagi mavsumiy ko’rpa va pokrival tayyorlanmoqda.

“Kokand Bicycles” xususiy korxonasi rahbari Muxsin Abduraximov 17 mln. dollarlik yirik loyiha qurishni boshladi. Bu yerda velosipedlar va skuterlar ishlab chiqarish yo’lgan qo’yiladi. Viloyat rahbari bu yerda bo’lib, qurilish jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Tadbirkor bilan suhbatlashdi.

Shundan so’ng xitoylik investorlar bilan hamkorlikda qurilishiga kirishilgan skuterlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish korxonasiga borildi. 17 mln. dollar investitsiya kiritilayotgan ushbu korxonada qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda, kelgusi oyda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Korxonada 2 smenada 600 nafar ishchi-xodim faoliyat olib boradi.

Viloyat rahbari har bir tadbirkor faoliyati bilan tanishib, asosiy e'tiborni tadbirkorlarning ish o’rni yaratishi va mahalliy aholining oylik ish haqlariga qaratdi. Tadbirkorlarga yer tanqis ekanligini inobatga olib, mavjud binolarni ko’p qavatli qilib, kengaytirish kerakligi bo’yicha ko’rsatmalar berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram