Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV UCHKO’PRIK TUMANIDAGI O’RGANISHLARI DAVOMIDA YANGI ISHGA TUSHIRILGAN ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA BO’LIB, ISH JARAYONLARI, MAHSULOTLAR SIFATI BILAN TANISHDI.

×

 2024-09-26 20:53:35    795

PDF yuklash
Chop etish


“Sandos shoes” poyabzal ishlab chiqarish korxonasi yil boshida ishga tushdi. 80 ta ish o’rni yaratildi. Ishchilar ishlash holatiga qarab 2,5-4 mln. so’mgacha ish haqi to’lanmoqda. Mahsulotlar Tojikiston, Qirg’iziston va Qozog’istonga eksport qilinmoqda. Yiliga 700-800 ming juft poyabzallar tayyorlash ko’zda tutilgan. Tadbirkor Umidjon Isaqov bu yerdagi ish jarayonlari, tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishtirdi, kelgusi ishlari xususida ma'lumotlar berdi.

Xorijlik investor Muhammad Albuzon Kxiro “Lovin” brendi ostida erkak va ayollar uchun uy kiyimlari ishlab chiqarish tekstil korxonasiga asos soldi. 50 nafar mahalliy ayol-qizlarni ishli qildi. Mahsulotlar 100 foiz eksportga yo’naltirilmoqda, asosan Rossiya va Qozog’iston davlatlariga buyurtma asosida yetkazib beriladi. Oyiga 30 mingtagacha mahsulotlar tayyor holatga keltiriladi.

“Bahodirov Akbarjon” oilaviy korxonasi tomonidan esa matolarni bo’yash xizmati yo’lga qo’yildi. Ushbu ish bilan 20 kishi band. Oyiga 100 tonnagacha matolar sifatli qilib bo’yaladi. Tadbirkor Bahromjon Abdullayev ish jarayonlari bilan tanishtirdi.

Shu kuni sanoat zonasi hududiga joylashtirilgan yana bir qator ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyati bilan ham tanishildi.

Viloyat hokimi har bir ishlab chiqarish tarmog’i bilan tanishar ekan, asosiy e'tibor ish o’rni yaratish, odamlarni oylik daromadini oshirishga ko’maklashish va eksportbop mahsulotlarni ko’paytirish bo’yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram