Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI UCHKO’PRIK TUMANIDA TADBIRKORLAR TOMONIDAN TIKUVCHILIK TARMOG’INI KENGAYTIRISH BO’YICHA ISHGA TUSHIRILGAN KORXONALARDA BO’LDI

×

 2024-09-26 21:16:59    860

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Uchko’prik tumanidagi o’rganishlari davomida tadbirkorlar tomonidan tikuvchilik tarmog’ini kengaytirish bo’yicha ishga tushirilgan korxonalarda bo’ldi.

Uchko’prik MFYda 300 ming dollar sarmoya kiritilib, yil boshida ishga tushirilgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ko’zdan kechirildi. Bu yerda 70 ta ish o’rni yaratilgan bo’lib, mahsulotlar Rossiya davlatiga buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

Viloyat rahbari buyurtmalar sonini ko’paytirish kerakligi bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

“Rayxon teks” MChJ tomonidan bolalar kiyim-kechaklari tayyorlash korxonasi Navro’z bayrami arafasida ishga tushdi. 50 nafar mahalliy ayol-qizlar ushbu faoliyat bilan band qilindi. Ularga bepul ovqat, transport xizmati va 2-2,5 mln. so’mgacha oylik ish haqi to’lanmoqda. Tadbirkor Nodirbek Dehqonov korxonani yanada kengaytirish hisobiga yana qo’shimcha ish o’rni yaratishni maqsad qilganini ma'lum qildi.

Turg’oq MFYda avval kolxoz garaji sifati faoliyat olib borgan joyda tadbirkor Akmalxon Munavvarov ipdan mato ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Hozirda mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berlmoqda, xorijga eksport qilish bo’yicha ham kelishuvlar olib borilmoqda. Korxonada 25 ta ishchi-xodim band. Viloyat rahbari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, bo’sh turgan joylardan ham unumli foydalanish bo’yicha kerakli topshiriqlar berdi.

Shu kuni Uchko’prik MFY, Shodlik massivi hududida ma'nan eskirgan 2 qavatli turar-joy binolari o’rniga 7 va 12 qavatli zamonaviy turar-joy massivi barpo etish loyiha taqdimoti ham o’tkazildi.

Ushbu hududda 3 bosqichda jami 57 ta 1676 xonadonli turar-joy binolari barpo etiladi. Loyiha qiymati 900 mlrd.so’mni tashkil qiladi. 1-bosqichda 37 ta 7 qavatli va 4 ta 12 qavatli 1228 ta xonadondan iborat uy-joylar quriladi. Shuningdek, mahalla binosi, maktab, bog’cha, aholi dam olishi uchun joy, 2 qavatli savdo-maishiy xizmat ko’rsatish majmualari ham qad rostlaydi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram