Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
UCHKO’PRIK TUMANIDAGI KATTA QASHQAR MFYDA LIMONCHILIK, YOG’OCHNI QAYTA ISHLASH, NOVVOYCHILIK MAHALLANING DRAYVERIDIR
2024-09-28 11:47:40 754
Uchko’prik tumanidagi Katta Qashqar MFYda 1363 ta xonadon bo’lib, limonchilik, yog’ochni qayta ishlash, novvoychilik mahallaning drayveridir. Mahalla aholisi shu kabi ishlarning ortidan yaxshi daromad topmoqda.
854 ta xonadon limonchilik, 300 ta xonadon yog’ochni qayta ishlash, 120 ta xonadon esa novvoychilik bilan oila tebratmoqda. Bu yerda yetishtirilgan limon asosan Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlariga eksport qilinadi.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan mazkur mahallada bo’ldi, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Husanboy Soliyev yog’ochni qayta ishlashni yo’lga qo’ygan, shu bilan birgalikda 3,5 sotix tomorqasida issiqxona tashkil qilib, limon yetishtirmoqda. Limonning o’zida o’rtacha 40-50 mln. daromad olyapti. Yog’och ustaxonasida esa 10 nafar yoshlar ish bilan band.
Mazkur mahallada yashovchi Davron Haydarov ham uyida shunday ishlar bilan mashg’ul. Yog’ochni qayta ishlashning o’zidan bir oyda o’rtacha 20 mln so’m daromad topadi.
Viloyat rahbari ularning xonadonidagi ana shu jarayonni ko’zdan kechirdi. Xonadon egalari bilan suhbatda ishlagan, izlangan inson daromad topishi, uy-ro’zg’ori but bo’lishi haqida so’z yuritildi. Tuman sektorlar rahbarlariga ishsizlikdan xoli bo’lgan shunday mahallalarni ko’paytirish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram