Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 245 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI UCHKO’PRIK TUMANIDA MAHALLABAY ISHLASH, TADBIRKORLIK, OILALARNING DAROMADINI OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-09-28 12:01:58    753

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanidagi o’rganishlari davomida mahallabay ishlash, tadbirkorlik, oilalarning daromadini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

“Mirzaxo’ja” MFYda 650 ta xonadon bo’lib, tunukachilik va paypoq ishlab chiqarish ancha rivojlangan. Mahallada 75 ta xo’jalik tunukachilik bilan shug’ullanadi.

Ma'murjon Abdullayev mahallada bo’sh turgan binoni olib, tunukachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug’ullana boshladi, Sobirjon Mirzayev ham ushbu ish bilan mashg’ul. 10 nafar mahalladoshlarini shu ishga jalb qildi. 

Abdumajid Jo’rayev esa trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. 40 ta ayol-qizni ishli qildi. G’ulomjon O’lmasov xonadonida ham ushbu mahsulotlar tayyorlanmoqda. 

Sanoatxon G’aniyeva paypoq ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o’rganib, shu ishni mahallada kengaytira boshladi. 30 nafar mahalladagi ayol-qizlar ish bilan ta'minlangan. Mahsulotlar qo’shni davlatlarga eksport qilinyapti.

G’ijdon MFYda ham paypoq ishlab chiqarish ommalashdi. Mansur Akbarov 100 mln. so’m kredit olib ushbu faoliyat bilan shug’ullanib, mahalladoshlarini ham bu ishga jalb qildi. Viloyat rahbari bilan suhbatda 1 mlrd. so’m bankdan kredit olish imkoniyati bo’lsa tarmog’ini yanada kengaytirib, ish o’rnini ham ko’paytirishni maqsad qilganini ma'lum qildi. 

Sayyora G’ofurova asosan bolalar uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda. 20 nafar ayollar mehnat qilmoqda, kasanachilikni ham yo’lga qo’ygan. Boboshbekda ham tsex ochganini ma'lum qildi.

Nihol MFYda “Umid barhayot” oilaviy korxonasi tomonidan elektr kabellari ishlab chiqarish tarmog’i ishga tushirildi. Ayni kunlarda 22 turdagi mahsulotlar ichki bozorga sotilyapti. Viloyat rahbari bu yerdagi jarayon hamda tarmoqni kengaytirish ishlari bilan tanishdi.

“Nihol teks” korxonasida paypoq ishlab chiqarish tsexi faoliyati ham ko’zdan kechirildi. Bu yerda 20 ta ish o’rni yaratildi.

Viloyat hokimi har bir tadbirkor tashabbusi va sa'y-harakati bilan ishga tushirilgan korxonalar faoliyati bilan tanishib, ish o’rnini ko’paytirish, har bir mahallani biror yo’nalishga ixtisoslashtirish, mahsulotlar sifatiga alohida e'tibor qaratish kerakligi va xorij bozorlariga ham kirib borish kerakligi bo’yicha tavsiyalar berdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram