Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDAGI “SAMO” SPORT MAJMUASIDA HARBIY XIZMATCHILAR O’RTASIDA SPORTNING BOKS TURI BO’YICHA “MUDOFAA VAZIRI KUBOGI” MUSOBAQASINING G’OLIB VA SOVRINDORLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO’LIB O’TDI
2024-09-28 17:40:50 758
Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasida harbiy xizmatchilar o’rtasida sportning boks turi bo’yicha “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasining g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat sektorlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan harbiylarimiz har tomonlama barchaga o’rnak bo’layotganligini ta'kidlab, azmu shijoatli askarlarimiz sportda ham salmoqli natijalarni qo’lga kiritayotganligini qayd etdi. Harbiylar o’rtasida tashkil etilayotgan turli musobaqalar katta ahamiyat kasb etayotganligini bildirib, mazkur kubok g’olib va sovrindorlarini g’alaba bilan tabrikladi.
To’rt kun davom etgan musobaqada mamlakatimizdagi harbiy okruglar, harbiy ta'lim muassasalarining yuzdan ziyod charm qo’lqop ustasi 9 ta vazn toifasi bo’yicha yakkalik va jamoaviy birinchilik uchun kurash olib bordi. Ofitserlar, serjantlar, kursantlar va muddatli harbiy xizmat burchini o’tayotgan harbiy xizmatchilar boksda ham o’z mahoratini namoyish etdi.
G’olib va sovrindorlar medallar, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Jamoaviy hisobda birinchi o’rinni Sharqiy harbiy okrugi qo’lga kiritdi.
Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga Mudofaa vazirining esdalik nishonini topshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram