Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 249 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMLIGIDA O’ZBEKISTON SHAXMAT FEDERATSIYASI FARG’ONA VILOYATI HUDUDIY BO’LIMINING NAVBATDAGI UMUMIY YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

×

 2024-09-28 20:05:46    1081

PDF yuklash
Chop etish


Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatdagi shaxmat klubi rahbarlari, shaxmat bo’yicha murabbiylar, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Shahar va tumanlar hokimlari ham onlayn qatnashdi.

O’zbekiston shaxmat federatsiyasi viloyat hududiy bo’limining yangi tarkibi hamda bo’lim raisi, o’rinbosarlari, ijrochi direktori va a'zolari tasdiqlandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston shaxmat federatsiyasi Farg’ona viloyati hududiy bo’limi raisi etib saylandi.

O’zbekiston shaxmat federatsiyasi konferentsiyasiga Farg’ona viloyatidan delegatlar saylandi.

O’zbekiston shaxmat federatsiyasi viloyat hududiy bo’limi raisi, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’z olib, Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda so’nggi yillarda sportning barcha turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan katta e'tibori haqida to’xtaldi. Xususan, shaxmat ham tobora ommalashib borayotganligi aytib o’tildi.

Yaqinda Vengriyaning Budapesht shahrida bo’lib o’tgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O’zbekiston jamoasi 3 o’rinni egallagani ham mamlakatimizda kuchli, bilimli, iqtidorli yoshlar yetishib chiqayotganligini, O’zbekiston yoshlari qanday kuchga, bilimga ega ekanligini dunyoga tanitgani faxr bilan ta'kidlandi.

Farg’onada ham shaxmatni yanada rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi, tuman hokimlariga tuman darajasida shaxmat bo’limlari ochilib, unga hokimlar boshchilik qilishi ta'kidlandi, Prezidentimiz topshiriqlari asosida har bir maktablarda shaxmat klublari, to’garaklari ochish kerakligi qayd etilib, hokimlar buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi kerakligi aytildi. Shaxmat bo’yicha ham viloyatimizdan umidli sportchilarni tarbiyalash bo’yicha mas'ullarga vazifalar yuklandi. Shahar va tuman hokimlari o’z hududidan kelib chiqqan holda shaxmat bilan birga yana bitta sport turini ommalashtirishga bosh bo’lishi bo’yicha topshiriq berildi.

Ma'lumot o’rnida, shaxmat sport turi bo’yicha viloyatimizdagi shaxmat klublari, sport maktablari hamda umumta'lim maktablarida tashkil etilgan jami 921 ta guruhda 13 ming nafarga yaqin sportchilar shug’ullanib kelmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram