Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
SHARQIY HARBIY OKRUGNING FARG’ONA SHAHRIDA JOYLASHGAN HARBIY QISMIDA KAPITAL TA'MIRDAN CHIQARILGAN BINO-INSHOOTLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2024-09-28 20:30:52 1078
Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat sektorlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Dastlab Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi butunlay yangi qiyofa kasb etgan uy-joydan foydalanish qismi ochildi. Bu yerda xizmat olib borish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Tadbirda so’zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’nggi yillarda mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, qo’shinlar jangovar shayligini oshirish, harbiy kadrlarni tayyorlash, mustahkam ijtimoiy himoya, harbiy xizmatchilarni jismonan va ma'nan barkamol etib tarbiyalash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligini ta'kidladi. Xususan, harbiy qismlarning infratuzilmasini yanada yaxshilash, har tomonlama qulay, barcha zarur shart-sharoitlarga ega shinam xizmat xonalari bilan ta'minlash maqsadida harbiy-ma'muriy sektorlar bilan hamkorlikda qurilish hamda kapital ta'mirlash ishlari jadal sur'atlarda olib borilayotganligi qayd etilib, mazkur foydalanishga topshirilayotgan inshootlar ham buning samarasi ekanligi bildirildi.
Shuningdek, harbiy qismda kapital rekonstruktsiya ishlari bajarilib, tarix o’quv xonasi, ma'naviyat markazi, shonli tarix muzeyi, sport majmuasi va bir qator binolar harbiylarga tuhfa qilindi. Tarix o’quv binosida Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur, jadidchilik namoyondalari xonasi tashkil etildi. Muzeyda esa harbiy qismning o’tgan yillardagi faoliyati, harbiylarning xizmati aks ettirilgan.
“Farg’ona” harbiy dala-o’quv maydonida ham o’quv binosi qayta ta'mirlanib, ishga tushirildi.
Tadbir ishtirokchilari yangi ta'mirlangan binolardagi sharoitlar bilan tanishdilar. Quruvchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram