Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
1 OKTYABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
2024-09-30 11:14:33 1365
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 12 sentyabrdagi “Parij shahrida bo’lib o’tgan XVII yozgi Paralimpiya o’yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi Farmoni asosida qator hamyurtlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Dang’ara tumanilik Aziz Normatov ham yosh avlodni milliy g’urur va vatanparvarlik, sabot va matonat ruhida tarbiyalash yo’lidagi ibratli faoliyati uchun “Do’stlik” ordeniga munosib ko’rildi.
U murabbiy sifatida umidli sportchilarni tarbiyalab kelmoqda. Sport maktabida 2017 yilda para yengil atletika bo’yicha to’garakni tashkil qildi. To’garakning daragini eshitgan Dang’ara va qo’shni tumanlardan ko’plab yigit-qizlar mashg’ulotlarga keladi. Shogirdlarining ko’ngliga yo’l topgan murabbiy tez orada ularning orasidan O’zbekiston terma jamoasiga jalb qilingan iqtidorlarni kashf qildi. Ko’plab shogirdlari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro musobaqalarda katta yutuqlarni qo’lga kirita boshlagani murabbiyni yanada ruhlantirdi. Uchko’priklik shogirdi Mohigul Hamdamova 2018 yil Osiyo o’yinlarida nayza uloqtirish bo’yicha kumush medalni qo’lga kiritgani murabbiy va shogirdlariga katta motivatsiya berdi. Tokioda bo’lib o’tgan navbatdagi Paralimpiya o’yinlarida Mohigul Hamdamova chempion bo’lib, Dang’ara BO’SMning parasport bo’limi dovrug’ini yanada sarbaland qildi. Shogirdining bu yutug’i evaziga Aziz Normatov “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Joriy yil Frantsiyaning Parij shahrida bo’lib o’tgan XVII yozgi Paralimpiya o’yinlarida mamlakatimiz parasportchilari dunyo bo’yicha faxrli 13-o’rinni qo’lga kiritdi. Ushbu nufuzli musobaqada qatnashgan Aziz Normatovning yana bir umidli shogirdi, Dang’ara tumanidagi 39-maktabning 10-sinf o’quvchisi Shahina Yigitaliyeva nayza uloqtirish dasturida 43.12 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo’ldi. Parijga borgan O’zbekiston sportchilari tarkibidagi eng yosh sportchi qizning bu yutug’ida ham tajribali murabbiy Azizjon Normatovning fidokorona mehnatlari mujassam, albatta.
Ayni kunlarda Aziz Normatov boshchiligidagi to’garakda viloyatning shahar va tumanlaridan hamda Andijon, Toshkent, Namangan, Samarqand, Jizzax viloyatlaridan kelgan umidli sportchilar Olimp cho’qqisini ko’zlab mashg’ulotlar olib bormoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram