Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DAVLAT MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI

×

 2024-09-30 11:29:01    1711

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning kuni kecha qabul qilingan “O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi farmoniga muvofiq, yuksak e'tirofga sazovor bo’lganlar orasida 5 nafar farg’onalik ta'lim fidoyilari ham bor.

Viloyat hokimligida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat sektorlari rahbarlari, ta'lim sohasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, so’nggi yillarda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so’z yuritdi. Yangi O’zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish davlatning bosh vazifalaridan biri sifatida belgilangani, barcha kuch va imkoniyatlarimizni yoshlarimizning intellektual va jismoniy kamoloti, ularning sifatli ta'lim olib, hayotda munosib o’rin egallashlari uchun safarbar etilayotganligi ta'kidlandi.

Mana shunday ulkan ishlarda o’qituvchi va murabbiylarning o’rni va mehnati beqiyos ekanligi qayd etilib, viloyatimizda ta'lim sohasidagi samaradorlik va yutuqlar, xususan, ta'lim sifati reytingida viloyatimizning yuqori o’rinni egallayotgani e'tirof etildi.

Tantanali tadbirda davlat mukofotlari o’z egalariga topshirildi. Mukofotlanganlar nomidan so’zga chiqqanlar ustozlarga ko’rsatilayotgan yuksak e'tibor va rag’bat uchun minnatdorlik bildirdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram