Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg‘ona viloyatida 4 ta Fuqarolik jamiyati institutlari davlat grantlariga ega bo‘ldi

 2024-09-30 17:25:12    347

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda Jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun 3-tanlovi e’lon qilingandi.

2024 yilning 21 avgustdan 23 sentyabrgacha davom etgan hujjatlarni qabul qilish jarayonida viloyat bo‘yicha jami 15 ta grant loyihalar topshirildi.

Bulardan 13 ta loyiha NNT vakillaridan, 2 ta loyiha OAVlaridan kelib tushgan.

Mazkur loyihalar Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston mehr-shavqat va salomatlik jamoat fondi Farg‘ona viloyati xududiy muassasasining “Sog‘lom jamiyatni birgalikda yaratamiz” loyihasi (70 mln. so‘m), O‘zbekiston “Mahalla” hayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshqaruvining “Hududlardagi MFYlar bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni aniqlash, ro‘yxatini shakllantirish va malakali xorijiy tillarni o‘rgatuvchi mutaxassislarni jalb qilish” loyihasi (70 mln. so‘m), O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakilligining “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi (70 mln. so‘m), “Ho’qandi latif kelajagi” jamoat fondining “Davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy xamkorlik qilishda NNTning salohiyatini oshirish” loyihasi  (70 mln. so‘m) g‘olib deb topildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi qaroriga ko‘ra, viloyat Jamoat fondi tomonidan jami 4 ta davlat granti loyihasi uchun 280 mln. so‘m mablag‘ ajratildi