
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDAGI

2024-09-30 20:38:59 9229
Farg’ona shahridagi "Wine Garden" majmuasida 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyatimizning barcha shahar-tumanlaridan kelgan o’qituvchi va murabbiylar, oliy ta'lim muassasalari professor-o’qituvchilari hamda mehnat faxriylari ishtirokida viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’z olib, aziz ustozlarni, ta'lim sohasi fidoyilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi.
Prezidentimizning bugun o’qituvchi va murabbiylar bilan o’tkazgan muloqoti ta'lim sohasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqqanligini, 7 ta yo’nalishda vazifalar belgilanganini bildirib, muhim tashabbuslar, vazifalar ilgari surilganligiga e'tibor qaratdi.
Viloyat rahbari yosh avlodning vatanparvarligi yurt taraqqiyoti, ulkan marra va maqsadlarga erishishda katta omil ekanligini, buning uchun oiladan boshlab, farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash lozimligini ta'kidladi. Shu bilan birgalikda yoshlarimizga tariximizni chuqur o’rgatish, ularda g’oyaviy immunitetni shakllantirish, ota-onalar, o’qituvchi va o’quvchilar uchun tarbiyaga oid raqamli kontentlar yaratish muhimligini aytib o’tdi. Jamiyatning ziyoli qatlami bo’lgan o’qituvchilar mahallalarda ma'naviyat va ma'rifat targ’ibotchisi bo’lib, islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda faollik ko’rsatishi qayd etildi.
Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbarining “ta'lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir. Ezgulik, bilim va ma'rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo’lini to’saylik!” deya qilgan murojaati har bir yurtdoshimizning kundalik hayotidagi shiori bo’lishi kerakligini bildirdi.
Viloyatimizdagi ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlarda, erishilayotgan yutuqlarda o’qituvchi va ustozlarning ulkan hissasi borligini e'tirof etib, ularga minnatdorlik bildirildi.
Tadbirda viloyatimiz shahar-tumanlarida ta'lim tizimining barcha jabhalarida samarali faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar va murabbiylar, faxriy ustozlarning katta guruhi viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta'lim a'lochisi” ko’krak nishoni topshirildi.
Viloyatimizning taniqli san'atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar, go’zal raqslar barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.