Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT XALQ TA'LIMI TIZIMIDA UZOQ YILLAR ISHLAGAN, SOHADA FAOL VA FIDOYI BO’LGAN FAXRIYLAR VA ENG NAMUNALI ISH TASHKIL QILGAN O’QITUVCHILAR ISHTIROKIDA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2024-10-01 17:08:42    1269

PDF yuklash
Chop etish


O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Farg’ona shahrida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan viloyat xalq ta'limi tizimida uzoq yillar ishlagan, sohada faol va fidoyi bo’lgan faxriylar va eng namunali ish tashkil qilgan o’qituvchilar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantanali tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan muallimlarni, faxriy ustozlarni bugungi kasb bayramlari bilan samimiy qutladi.

Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan o’tkazilgan o’qituvchilar va murabbiylar bilan muloqotda ta'lim sohasidagi ishlar sarhisob qilinib, oldinda turgan vazifalar belgilab berilganligi ta'kidlandi. Inson qaysi kasb egasi bo’lmasin ustozlaridan ta'lim-tarbiya olish orqali ko’zlagan maqsadlariga erisha olishi, o’qituvchilar jamiyatining katta kuchi ekanligi qayd etildi.

Fan, texnologiya rivojlanib, sun'iy intellekt orqali qilinayotgan dunyodagi yangiliklar haqida to’xtalgan viloyat hokimi, ushbu rivojlangan davlatlar qatoriga yetish uchun harakat qilish, ilm, bilim, ilm-fanni rivoji kerakligini bildirdi. Bu ishlarga erishishda esa ustoz va murabbiylarning o’rni alohida ekanligi, ularning ko’maklari bilan yetishish mumkinligi aytildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Uchinchi renessans poydevorini qurishga kirishilgani, buning natijalari esa yoshlarning dunyodagi turli olimpiadalarda faxrli o’rinlarni egallab, O’zbekiston bayrog’ini ko’klarga ko’tarayotganligi misolida ko’rish mumkinligi ta'kidlandi. O’zbekiston aholisining 60 foiziga yaqini yoshlar bo’lib, ular orasida juda ko’p talantli yoshlar ham borligi, ularga yaxshi bilim berib, iqtidorlarni topib, sayqallab, yuzaga chiqariladigan bo’lsa, albatta Beruniy, Farg’oniy, al-Xorazmiy kabi buyuk bobolarimizning davomchilari yetishib chiqishiga ishonch bildirildi. Shunday ulug’vor, mas'uliyatli ishlarni bajarish esa ustoz va murabbiylarimiz qo’lida ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

Tadbir davomida viloyatimizdagi ta'lim tizimining barcha jabhalarida eng namunali ish tashkil qilgan o’qituvchilarning bir guruhiga “Xalq ta'limi fidoyisi” va "Xalq ta'limi a'lochisi" ko’krak nishonlari topshirildi. Viloyat xalq ta'limi tizimida uzoq yillar ishlagan, sohada faol va fidoyi bo’lgan faxriy ustozlarga sihatgohlarga bepul yo’llanmalar taqdim qilindi.

San'atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar bilan bayram dasturi davom etdi.