Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH TADBIRKORLARGA IQTISODIY MANFAAT VA SAMARADORLIK BERMOQDA

×

 2024-10-02 22:52:56    2294

PDF yuklash
Chop etish


Dang’ara tumanidagi “Marrakesh agro plus” MChJning gidroponika usulida pomidor yetishtirish loyihasi hamda muqobil energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etish ishlari buni yaqqol ko’rsatib turibdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumanda bo’lib, mazkur jarayon bilan tanishdi.

8 gektar maydondagi issiqxonada pomidor yetishtirilyapti. Mahsulotlar xorijga eksport qilinadi. Bu yerda Xitoydan keltirilgan zamonaviy isitish qozonlari hamda 300 kVtli quyosh panellari o’rnatildi.

Loyiha qiymati 3 mln. dollar. Bunday texnologiyalarning joriy etilishi elektr energiyasi hamda yoqilg’i mahsulotlarining sarfini ikki-uch barobar qisqartirdi. Quyosh panellarining o’rnatilishi hisobiga yiliga elektr energiyadan o’rtacha 330 mln. so’m iqtisod qilinmoqda. Tabiiy gaz bilan bir oyda 206 mln. so’mdan ortiq mablag’ sarf etilgan. Tejamkor ko’mir qozoni esa bir oyda 116 mln. so’mni tejashga xizmat qilyapti.

Viloyat rahbari tomonidan loyihalar ko’zdan kechirilib, bu ishlarni davom ettirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram