Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TADBIRKORLARIMIZ BUGUNGI KUNDA TALAB VA TAKLIFLAR ASOSIDA MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI YO’LGA QO’YMOQDA
2024-10-02 23:39:30 2396
Ularning sifati ham hamyonbopligi barchaga ma'qul bo’lmoqda.
Dang’ara tumani Katta Amirobod MFYda “Karniz ledj” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan uy-ro’zg’or buyumlariga ichki bozorda talab katta. Yaqinda yangilikka qo’l urilib, xalq xo’jaligida ishlatishda mo’jallangan ingichka devorli trubalar ishlab chiqarish tarmog’i tashkil etildi. Bu yerda 80 kishi ish bilan ta'minlangan. Kichik diametrli bu trubalar ichki bozorda juda xaridorgir.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang’ara tumanidagi o’rganishlari chog’ida ushbu korxonani borib ko’rdi. Tadbirkorning loyihalarini qo’llab-quvvatlab, yanada yangiliklar qilishini, tarmoqni kengaytirishni aytib o’tdi.
Chinobod mahallasidagi ilgari foydalanilmasdan bank krediti evaziga qurib qo’yilib, ishlamay turgan issiqxonani yangi tadbirkor sotib olib, 6,5 gektar maydonda issiqxona tashkil qildi. 110 kishi bu yerda ish bilan band. “Dang’ara meva” korxonasining issiqxonasida ayni kunlarda pomidor yetishtirilayotgan bo’lib, hosil Rossiyaga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
“Yoshlar” kichik sanoat zonasida “Dang’ara tekstil” korxonasi tomonidan 3 mln. dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Viloyat rahbari bu yerdagi ishlarni ko’zdan kechirdi. Korxonada 100 ta ishchiga talab borligi uchun tuman sektorlari rahbarlariga bu ish o’rinlariga mahallalardagi ishsizlarni joylashtirish topshirig’i berildi.
Shu yerda joylashgan “Sha sofiya” MChJda ham bugungi kunda turli poyabzallar ishlab chiqarilmoqda. Viloyat rahbari tomonidan tarmoqni yanada kengaytirish, ish o’rinlarini ko’paytirish borasida ko’rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram