Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA MEHMONXONALAR SONI YANA BITTAGA KO’PAYDI

×

 2024-10-03 12:02:40    2569

PDF yuklash
Chop etish


E'tiqod ko’chasida tadbirkor Akmaljon Turdimatov tashabbusi bilan barpo etilgan zamonaviy uch yulduzli mehmonxona foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkillangan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar sektorlari rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mehmonxonaning ochilish marosimida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlat rahbari tomonidan turizm sohasini rivojlantirishga juda katta urg’u berilayotganligini qayd etib, iqtisodiyotimizning eng drayver sohasiga aylantirish bo’yicha har bir viloyatga o’ziga yarasha ko’rsatmalar berilgani, buning uchun kompleks tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi.

Farg’ona viloyatiga ham yildan-yilga turistlar oqimi oshib borayotgani, 2023 yilda 360 ming xorijlik kelgan bo’lsa, bu yil tugamasdan 400 ming turist tashrif buyurgani aytib o’tildi. Turistlar soni ko’paygani bois, ularga yaxshi sharoitga ega mehmonxonalar va boshqa infratuzilma ob'ektlariga bo’lgan talab oshgani, bugun mehmonxonalar soni va sifatini ham oshirish kun tartibidagi muhim masalaga aylangani qayd etildi. Qolaversa, Prezidentimizning shu yil iyul oyida viloyatimizga tashrifi davomida Farg’ona, Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida yulduzli mehmonxonalar sonini oshirish bo’yicha aniq vazifalar berilganligi ta'kidlandi.

Farg’ona shahrining katta turizm salohiyati borligi undan to’laqonli foydalanish kerakligi aytib o’tildi. Tadbirkor Akmaljon Turdimatovning bu boradagi ishlari alohida e'tirof etildi.

82 o’rinli “Saroy Gardens” mehmonxonasining loyiha qiymati 25 mlrd. so’mni tashkil etib, tadbirkorning o’z mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Mehmonxona ishga tushishi natijasida 30 ta ish o’rni yaratildi.

Mehmonxonada avtoturargoh, sport zal, konferents-zal, oshxona, yozgi basseyn va boshqa qulayliklar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari yangi mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur mehmonxona yurtimiz aholisi va xorijlik sayyohlarga qulayliklar yaratish, mamlakatimizda, xususan, viloyatimizda turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram