Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA HAM TADBIRKORLAR KENGASHI TASHKIL ETILDI

×

 2024-10-05 09:03:02    2749

PDF yuklash
Chop etish


“Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan "Qo‘qon Beysicles" MChJda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan Qo’qon shahrida turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Viloyat rahbari bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish asosiy vazifa ekanligini qayd etib, Marg’ilon va Farg’ona shahridagi kabi Qo’qonda ham Tadbirkorlar kengashi tashkil etilganini ma'lum qildi.

Ushbu Kengash tadbirkorlarning eng yaqin ko’makchisi bo’lib, ularning loyihalarini amalga oshirish yo’lida samarali faoliyat olib borishi ta'kidlandi. "Qo’qon" texnoparki tashkil etilayotgani, erkin iqtisodiy zonada ham tadbirkorlarning yangi loyihalari bilan ishtirok etishi, ular uchun katta imkoniyatlar borligi bildirildi.

Shundan so’ng Qo’qon shahri hamda Uchko’prik tumanidan kelgan 50 dan ziyod tadbirkorlarning faoliyatlariga doir masala va murojaatlari eshitildi.

Xitoylik investorlar qo’qonlik tadbirkorlar hamkorligida besh yulduzli mehmonxona qurish, avtomobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari taqdimotini o’tkazdi. Qabulda tadbirkorlar ko’plab yangi yo’nalishlarda loyihalari borligini bildirib, ularni amalga oshirish borasidagi masalalarini aytib o’tdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram