Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 220 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA AHOLINI UY-JOY BILAN TA'MINLASH YO’NALISHIDA KENG KO’LAMDA QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2024-10-05 09:31:01    3478

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizning har bir hududida aholini uy-joy bilan ta'minlash yo’nalishida dasturlar ishlab chiqilgan bo’lib, bu borada keng ko’lamda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Qo’qon shahrida bo’lib, yangi uy-joylarning qurilishi bilan tanishdilar.

Shirin MFY hududida “Marrakesh house” MChJ tomonidan 2 ta 7 qavatli turar joy majmuasi qurildi. Hozirgi kunda 77 ta xonadonli bitta uy foydalanishga topshirildi. Qolganida ham so’nggi qurilish ishlari bajarilyapti. Mazkur uy-joy majmuasining yerto’lasida ekobozor tashkil etish ko’zda tutilmoqda. Birinchi qavatda esa savdo do’konlari faoliyat ko’rsatadi.

Viloyat hokimi qurilish ishlarini ko’zdan kechirib, hududning infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish bo’yicha topshiriqlar berdi. 

Shaharning Turkiston ko’chasida “Dream House Kokand” hamda Xitoyning “Shanxay House” kompaniyasi bilan birga yangi ko’p qavatli uy-joylar majmuasi barpo etilmoqda. Loyiha qiymati 20 mln. dollar. Bu yerda 690 ta xonadonli 7 ta 9 qavatli uylar qad rostlayapti. Ularning 1 va 2 qavatida savdo va xizmat ko’rsatish do’konlari joylashadi.

Viloyat hokimi mazkur “Turkiston Avenue” uy-joylar majmuasining qurilish jarayonini borib ko’rdi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatiga e'tibor qaratish ta'kidlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram