
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QO’QON SHAHRIDA TADBIRKORLAR TOMONIDAN ISHGA TUSHIRILGAN LOYIHALAR BILAN TANISHDI

2024-10-05 10:38:26 3455
Quduqliq MFYda "My seven technology" MChJ tomonidan televizorlar hamda kronshteynlar (devorga osish uchun temir vositasi) ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Loyiha uchun 1 mln. dollar sarmoya kiritilib, 40 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Viloyat rahbari bu yerdagi ish jarayonini ko’zdan kechirdi, tadbirkorning yangi loyihalari bilan qiziqdi.
Mahsulotlarning plastmassa qismlari korxonada ishlab chiqariladi, qolgan mahsulotlar import qilinib, terib chiqiladi. Viloyat hokimi bilan suhbatda tadbirkor Jo’rabek Botirov yangi dastgohlar o’rnatayotganligi, ish o’rnini 80 taga yetkazish hamda mahsulotlarni eksportga yo’naltirish bo’yicha amalga oshirmoqchi bo’lgan rejalari haqida ma'lumot berdi. Kelgusida barcha mahsulotlar to’liq mahalliylashtirish bo’yicha ishlar olib borilayotgani ma'lum qilindi.
Bugungi kunda Davronbek MFYda joylashgan sobiq konserva zavodi negizida yangi loyihalarga kirishilgan. “Tech boil” MChJ tomonidan qiymati 4 mlrd. so’mlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib, fevral oyida ishga tushirildi. Ayni kunlarda bu yerda 25 kishi mehnat qilmoqda.
Viloyat hokimi korxonaning ish faoliyatini borib ko’rdi, mahsulotlar turini ko’paytirish, tarmoqni kengaytirish, yangi ish o’rinlari yaratish hamda hududdagi bo’sh turgan joylardan samarali foydalanish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Islomobod MFYda “Baraka International Trade Group” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan Hunarmandchilik va turizm markazida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Loyiha qiymati 15 mln. dollar bo’lib, qurilish ishlari davom etmoqda.
Noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish hamda ishlamay turgan sanoat ob'ektlarini taqdimoti o’tkazilib, mas'ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram