Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
HUDUDLARDA
2024-10-05 11:07:57 3277
Farg’ona shahrida davlatimiz rahbarining joriy yil 6 mayda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo’yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta'sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni hamda ushbu hujjat bilan tasdiqlangan Milliy strategiyada belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan seminar-yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori R.Mamatov, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori tibbiyot fanlari doktori, professor Z.Ashurov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor A.Ikramov, viloyat hokimligi guruh rahbari Yu.Kamolov hamda viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari, tashkilot va idoralarning ma'naviyat sohasi vakillari ishtirok etishdi.
Farg’ona davlat universitetida tashkil etilgan seminar davomida Milliy strategiyada belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan o’tkazilayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish bo’yicha “Dolzarb oylik” idoralararo kompleks targ’ibot tadbirlari davomida amalga oshirilishi yuzasidan vazifalar muhokama etildi.
Shuningdek, respublika idoralari rahbarlari tomonidan bugungi kunda giyohvandlikning ayanchli oqibatlari, uning jamiyat va millat taqdiriga ta'siri haqida aniq faktlar asosida ma'lumotlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram