Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO’RSATGAN SPORTCHI ODIL AHMEDOV TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN FUTBOL AKADEMIYASINING FILIALI ISH BOSHLADI

×

 2024-10-05 15:40:41    3975

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda millionlar o’yini bo’lgan futbolga yurtimizda juda katta e'tibor qaratilmoqda. Natijada turli yosh toifasida O’zbekiston o’smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari qator nufuzli musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish hamda futbol maktablari va futbol akademiyalariga iqtidorli futbolchilarni saralab olishni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O’zbekistonning mashhur futbolchisi Odil Ahmedov tashabbusi bilan “Odil Ahmedov futbol akademiyasi”ning "Odil Junior" Farg'ona filiali tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, “Odil Ahmedov futbol akademiyasi” asoschisi Odil Ahmedov so’z olishib, yurtimizda futbol sport turiga qaratilayotgan e'tibor haqida to’xtaldilar. So’nggi yillarda O’zbekistonda futbol tobora rivojlanib borayotganligi, O’zbekiston nufuzli futbol musobaqalariga jumladan, futzal bo’yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilayotganligi alohida ta'kidlanib, chekka qishloqlarda ham bolalar futboliga e'tibor yanada kuchayib borishi qayd etildi.

Ayni paytda "Odil Junior" Farg’ona filialida 4 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan viloyatimizdagi futbolga qiziquvchi bolalar shug’ullanishi mumkin. Hozirda 50 dan ortiq bolalar o’qishga qabul qilingan. Mashg’ulotlar Farg’ona davlat universitetining futbol bazasida bevosita olib boriladi. U yerda malakali futbol mutaxassislari tomonidan bolalarga futbolning ilk sir-asrorlari, to’p bilan muomala qilish, maydonni ko’ra bilish qobiliyatlari o’rgatiladi.

Shu joyda yosh futbolchilarga mahorat darslari o’tkazilib, ularga esdalik sovg’alari ham topshirildi.