Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QUVA TUMANI QAQIR MFYDA HUDUDNING QIYOFASINI YANGILASH, HAR BIR OILANI DAROMADLI QILISH, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI ISHLAR DAVOM ETMOQDA
2024-10-07 17:45:29 4274
Quva tumani Qaqir MFYda hududning qiyofasini yangilash, har bir oilani daromadli qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar davom etmoqda. 685 ta xonadon xatlovdan o’tkazilib, mahallani atirgulchilik, ko’chatchilikka ixtisoslashtirish orqali ishsizlikdan xoli hududga aylantirish choralari ko’rilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga mahalladagi ish jarayonini ko’zdan kechirdi.
Mahalla markazidagi bo’sh turgan joyda belaruslik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 200 kishi ishlaydigan tikuvchilik majmuasi, 500 o’rinli to’yxona, 6 ta kottejd, bitta 7 qavatli uy hamda sport maydonchalari tashkil etish ishlariga kirishildi. Shuningdek, 990 o’rinli yangi maktab qurilmoqda.
Viloyat rahbari bu yerda mahalla yoshlari uchun AyTi markazini qurish bo’yicha topshiriq berdi.
Iskandar Abdullayev xonadonidagi issiqxonada limonchilikni yo’lga qo’ygan. Bu yerdan o’rtacha 2 tonna hosil olmoqda. Shu mahallada yashovchi Ibrohimjon Hoshimov issiqxonasida gul yetishtirish bilan shug’ullanmoqda. Ayni kunlarda mahalladagi xorijda ishlab yurganlar ham qaytib, issiqxonalar tashkil etish katta qiziqish bildirmoqda.
Viloyat hokimi mahalladagi xonadonlarda bo’lib, tomorqadan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil etish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram