Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV KOREYA-O’ZBEKISTON BIZNES ASSOTSIATSIYASI VITSE-PREZIDENTI EDVARD KIM BOSHCHILIGIDAGI KOREYALIK ISHBILARMONLARNI QABUL QILDI

×

 2024-10-08 08:56:25    4322

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil may oyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Chungchongnam-do provintsiyasi gubernatori Kim Tae Xeumni qabul qilib, uchrashuvda ushbu provintsiyasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi va viloyatimiz mahsulotlari ko’rgazmasini o’z ichiga olgan "Farg’ona Savdo uyi" ochish taklifini ilgari surgandi. Bu taklif mamnuniyat bilan qabul qilinib, amaliy ishlarga kirishilgandi. Bugungi uchrashuvda Koreyada “Farg’ona Savdo uyi” qurilish ishlari yakunlanib qolgani kelgusi oyda ochilishga tayyorgarlik ko’rilayotganligi ma'lum qilindi. Farg’ona viloyati qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ushbu markazga joylashtirish kerakligi qayd etildi. Mehmonlar tomonidan ushbu Savdo uyi ochilishiga Farg’ona viloyati hokimi boshchiligida delegatsiya taklif qilinib, ushbu tashrif Chungchongnam-do provintsiyasi salohiyatini yaqindan tanishtirishga imkon yaratishi ta'kidlandi.

“Uz-Segan” korxonasi bosh direktori Xurshid Normatov ham ishtirok etgan uchrashuvda Farg’ona viloyatida yetishtirilgan meva-sabzavotlarni Koreyaga eksporti amalga oshirishga kirishilgani va uning ko’lamini kengaytirish imkoniyatlari, ikki hudud tadbirkorlari tomonidan olib borilayotgan istiqbolli hamkorlik aloqalari bo’yicha ham fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, yangi yerlarni o’zlashtirish bo’yicha investitsion loyihalar ustida ishlanayotganligi, mahsulotlarni yetishtirish uchun fermer xo’jaliklarini agro kooperatsiyaga aylantirish bo’yicha takliflar ilgari surildi.