Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


"QO’QON" ERKIN IQTISODIY ZONASI QUVASOY FILIALIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHILDI

×

 2024-10-08 14:57:26    4656

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvasoy shahar Pakana MFY hududidagi "Qo’qon" erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy filialida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Prezidentimizning qarori asosida Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytirildi. Ikki yil davomida mazkur hududda kamida 1 mlrd. dollar miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishi, yiliga 965 mln. dollar miqdorida qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 mln. dollarini eksportga yo’naltirish bo’yicha quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda bu yerda amaliy ishlarga kirishilgan bo’lib, 4 ta 61 mln. dollarlik istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

"Marwin fruitline" MChJ tomonidan mevani qayta ishlash va quyultirilgan tabiiy sharbat ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 176,5 mlrd. so’m bo’lib, 120 ta yangi ish o’rni yaratilishi rejalashtirilgan. Yillik 5 mln. dollar eksport amalga oshiriladi.

Hozirda Shveytsariya, Italiya, Polsha, Xitoy va Turkiyaning zamonaviy texnologiyalari o’rnatilyapti. Korxonada yakuniy montaj ishlari olib borilmoqda.

Viloyat rahbari tegishli soha rahbarlari ishtirokida bu yerdagi muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini muhokama qildi. Qisqa vaqt ichida oqova suv, tabiiy gaz va elektr energiya tarmog’ini tortish bo’yicha topshiriqlar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram