Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FURQAT TUMANIDAGI KARMAK MFYDA YASHOVCHI DILOROMXON HASANOVAGA UCH XONALI YANGI UY QURIB BERILDI
2024-10-10 08:57:49 3063
Prezidentimizning farmoni asosida 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambag’allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangan bo’lib, viloyatimizda bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Rahbarlar kambag’al oilalarga va mahallalarga biriktirilib, ularga har tomonlama amaliy ko’mak berilmoqda.
“Hududgaz Farg’ona” gaz ta'minoti filiali rahbariyati tomonidan namuna sifatida o’ziga biriktirilgan Furqat tumanidagi Karmak MFYda yashovchi Diloromxon Hasanovaga uch xonali yangi uy qurib berildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Furqat tumanida bo’lib, mazkur xonadonda yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan Dilorom Hasanova o’g’li bilan birga singlisining uyida yashab kelayotgan edi. Endilikda uning o’z uyi bor. 6 sotixli yangi uyda tandirxona, hammom, oshxona bor. Shuningdek, ikki bosh qo’y va tovuqlar olib berilib, oila daromadini yaxshilanishiga amaliy yordam berildi. Kasb-hunar maktabini bitirgan o’g’li esa tuman gaz ta'minoti bo’limiga ishga qabul qilindi.
Viloyat rahbari bilan suhbatda Diloromxon Hasanova ko’rsatilgan bunday e'tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram