Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDAGI EKOSHAHAR AMFITEATRIDA “OXUNJON MADALIYEV QO’SHIQLARI EL QALBIDA YASHAYDI" XALQARO FESTIVAL - TANLOVINING G’OLIB VA SOVRINDORLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

×

 2024-10-12 21:05:58    3153

PDF yuklash
Chop etish


Festivalda so’zga chiqqan viloyat hokimining o’rinbosari Sherzodjon Polvonov ilk bor o’tkazilgan xalqaro tanlov yangi nomlarni kashf etgani, qo’shni davlatlarda ham o’zbek san'atiga e'tibor yuqoriligi hamda xalqimizning sevimli hofizi qo’shiqlarda barhayot ekanligini ta'kidladi.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, "Shuhrat" medali sohibi Oxunjon Madaliyev betakror ovozi va o’lmas qo’shiqlari bilan xalqimizning qalbidan joy olgan san'atkor edi. Qisqa umr ko’rgan bo’lsada durdona qo’shiqlar yarata oldi. 1983 yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo’shiqlar albomini yaratgan. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", “Navbahor", "Javohirim", "O’zbeklarim", “Yolg’iz ayol”, “Sog’inch", “Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga taqdim etgan. 300 dan oshiq qo’shiqlari hozirda ham xalqimiz tomonidan sevib tinglanmoqda. Ayniqsa, san'atkorlarimiz tomonidan Oxunjon Madaliyevning qo’shiqlari maromiga yetkazib ijro etilayotgani uning o’ziga xos maktabi yaratilganligini ko’rsatmoqda.

Viloyat hokimligi, Madaniyat vazirligi, Vodiy1.uz internet nashri tomonidan tashkil etilgan ko’rik-tanlov ko’tarinkilik bilan tashkil etildi. Qo’shni Tojikiston (Xo’jand) va Qirg’iziston (O’sh) da o’tgan bosqichlarida 70 nafar, Farg’ona shahrida o’tkazilgan bosqichida esa mamlakatimizdan 150 dan ziyod hofizlar ishtirok etdi.

Xalqaro tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Nazrullo Shamsiyev (Navoiy viloyati) egalladi. 2-o’ringa Mo’minjon Ergashev (Farg’ona viloyati) va Rustam Tursumatov (Tojikiston Respublikasi) munosib ko’rildi. Anvar Xoldorov (Qirg’iz Respublikasi), Obidjon Doniyorov (Qashqadaryo viloyati) va Zafarjon Hoshimov (Toshkent viloyati) 3-o’rinni qo’lga kiritishdi. Shuningdek, turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlandi.

G’oliblarga tashkilotchilarning diplom, tashakkurnomalari, esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.

Oxunjon Madaliyev qo’shiqlari ijrochilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdurashid Yo’ldoshev, estrada yulduzlari Otabek Muhammadzohid, Abdujalil Qo’qonov, Qilichbek Madaliyevlarning chiqishlari barchaga zavqu shavq ulashdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram