Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONANING QURITILIB, QADOQLANGAN SARXIL MEVALARI JAHON BOZORIGA KIRIB BORMOQDA

×

 2024-10-14 19:44:16    2093

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘onaning quritilib, qadoqlangan sarxil mevalari jahon bozoriga kirib bormoqda. Bunda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar muhim o‘rin tutmoqda. Bunda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar muhim o’rin tutmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida mazkur yo’nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'ektlarida bo’ldi.

Bo’ston MFYdagi “Besh agro eksport” MChJ yaqinda quritilgan mevalarni qayta ishlash loyihasini ishga tushirdi. Bu yerda 30 ta yangi ish o’rni yaratilgan bo’lib, quritilgan mevalar qadoqlanib, xorijga eksport qilinmoqda. Tadbirkor Jahongir Nosirovning aytishicha, mevalarni saralash va tozalash uchun mahallalardagi 200 dan ziyod xonadonga mahsulotlar yetkazilib, daromad topishiga ko’maklashilyapti. Bu yerda tut mevalarini quritish yo’lga qo’yildi. Mahsulotlar MDH davlatlari, shuningdek, Italiya va Polshaga eksport qilinyapti. Hozirga qadar qariyb 1 mln. dollar qadoqlangan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Viloyat rahbari bu yerdagi ish jarayonini yuqori baholadi hamda tadbirkorga tarmoqni yanada kengaytirish, eksport hajmini oshirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Viloyat hokimi Yangiqo’rg’on MFYdagi “Rapqon DRY fruits export” MChJ tomonidan tashkil etilgan mevalarni quritish korxonasini ko’zdan kechirdi. Mahsulotlar Rossiyaga eksport qilinmoqda. Bu yerda 150 kishi ishlayotgan bo’lib, ikki yuzdan ziyod mahalla ahli kasanachi sifatida ishga qabul qilingan.