
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BESHARIQ TUMANIDA ISHNING KO’ZINI BILADIGAN TADBIRKORLAR SAFI KENGAYIB BORMOQDA

2024-10-14 22:18:06 2122
Qoraqo’yli mahallasida yashovchi Shuhratjon Tursunov ham shulardan biri. U o’z xonadonida kostyum-shimlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. 50 kVtli quyosh paneli ham o’rnatdi. Bu esa tadbirkorga yaxshigina iqtisodiy samara bermoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumandagi o’rganishlari chog’ida mazkur xonadonda bo’lib, ish jarayonini ko’zdan kechirdi.
Bu yerda 25 nafar xotin-qizlar ishlayotgan bo’lib, mahsulotlar ichki bozorda xaridorgir. Muqobil energiya manbalaridan oqilona foydalanayotgan tadbirkor iste'molidan tashqari har oyda 2 mln. so’mga yaqin ortiqcha elektr energiyani sotmoqda.
Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatlashib, rejalari bilan qiziqdi. Tadbirkorga shu yerdagi kasb-hunar maktabining bo’sh turgan xonasida dual ta'lim asosida o’quv markazi tashkil etib, 50 nafar yoshlarni hunarga o’rgatish, subsidiya asosida tikuv mashinalari olib berish taklifi bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram