Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI BESHARIQ TUMANIDA SANOAT, TADBIRKORLIK, AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2024-10-15 09:35:59    2134

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Beshariq tumanida sanoat, tadbirkorlik, aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

"Beshariq to'qimachi group" MChJ tomonidan ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, 250 ta yangi ish o’rni yaratildi.  

Viloyat rahbari bu yerdagi ish jarayonini ko’zdan kechirdi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksportni ko’paytirish borasida topshiriqlar berildi.

Ishlamay turgan sobiq "Magnat" korxonasida modernizatsiya ishlari olib borilib, 6 mln. dollar qiymatda investitsiya kiritildi. Zamonaviy dastgohlar o’rnatilib, mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi va sifatini oshishiga alohida e'tibor qaratildi.

Joriy yilning mart oyidan ish boshlagan korxona yiliga 3 ming tonna ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati ega. Mahsulotlar xorijga eksport qilinmoqda.

Fayzobod MFYda “Miolar tekstil” MChJda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Rossiyalik investor tomonidan ishga tushirilgan korxonada 120 nafar xotin-qizlar mehnat qilmoqda. Hozirda mahsulotlar MDH davlatlariga eksport qilinyapti. AQSh va YEvropaga mahsulotlarni eksport qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Viloyat rahbari korxona faoliyatini ko’zdan kechirib, yangi loyihalarni amalga oshirish, ish o’rinlarini ko’paytirish zarurligini ta'kidladi.

Yangihayot MFYda joylashgan Hunarmandlar markazida “Avilon tekstil” korxonasi tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu yerda 40 nafar ayollarning bandligi ta'minlangan.

Bo’ston mahallasida “Drujba shoes” MChJ tomonidan poyabzal ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki bozorda talab katta.

Viloyat hokimi ushbu loyihalar bilan tanishdi, tadbirkorlarga tarmoqni yanada kengaytirish, mahsulotlarning sifati va hamyonbopligiga e'tibor qaratish bo’yicha tavsiyalar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram