Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDAGI ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI YURTIMIZDA ISTE'DODLAR MASKANI SIFATIDA E'TIROF ETILMOQDA
2024-10-15 21:40:50 2034
Marg’ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yurtimizda iste'dodlar maskani sifatida e'tirof etilmoqda. Ayni kunlarda bu yerda 235 nafar o’quvchi tahsil olayotgan bo’lib, ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan mazkur ijod maktabida bo’lib, ta'lim dargohi faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur maktab Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda tashkil etilgan bo’lib, ona tili va adabiyoti fanini chuqur o’qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan. O’tgan davr mobaynida ta'lim maskani ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritib kelmoqda. Bilimni baholash agentligi tomonidan e'lon qilingan 2023 yil bitiruvchilarining o’z fanlaridan to’plagan bali sarhisobi bo’yicha Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari o’rtacha 159,7 ball bilan respublika bo’yicha ikkinchi o’rinni egallagan edi. Joriy yilda umumiy natijalarga ko’ra, ijod maktabi o’rtacha ball ko’rsatkichlari bo’yicha respublikada 1-o’rinni egalladi. Albatta, bu ta'lim maskanida ishlayotgan o’qituvchilar mehnatining samarasidir.
O’quvchilar respublika miqyosida tashkil etilgan turli tanlovlarda faol ishtirok etib, yaxshi natijalarni qo’lga kiritib kelmoqda. Maktabda “O’zbegim” radiosi, “O’zbegim” oynomasi, “O’zbegim” ko’rsatuvi va matbuot xizmati bo’limi tashkil etilgan. O’quvchilarning darsdan so’ng vaqtlarini unumli va sermazmun o’tkazish maqsadida ijod maktabida tasviriy va raqamli san'at, kompyuter grafikasi, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash, veb-dizayn, teleradiojurnalistika, aktyorlik mahorati kabi zamonaviy to’garaklar faoliyat olib bormoqda.
Viloyat rahbari mazkur to’garaklarning faoliyatini ko’zdan kechirdi, o’quvchilar bilan suhbatlashdi.
Ijod maktabi o’quvchilari tomonidan shoirlarimizning she'rlari, qo’shiqlar ijro etildi, jadidchilar siymosi aks etgan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Xayrullo Bozorov maktab jamoasi va o’quvchilar bilan uchrashuvda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan ijod maktablari iqtidorli yoshlar uchun katta imkoniyat eshiklarini ochganligini qayd etib, Erkin Vohidov ijod maktabining faoliyatini yuqori baholadi. Bu yerda tahsil olayotgan yoshlar orasidan buyuk shoir va adiblarimizga munosib izdoshlar yetishib chiqishiga umid bildirib, maktab jamoasiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram