
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDA VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROVNING VILOYAT YOSHLARI BILAN UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

2024-10-15 22:04:56 2210
Viloyat sektorlari rahbarlari ham ishtirok etgan tadbirda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan yoshlar o’z masalalari va takliflari bo’yicha ular bilan muloqotda bo’ldi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yoshlar taraqqiyotning kuchi, mamlakatning bunyodkorlari ekanligini ta'kidlab, har bir yosh hayotda muvaffaqiyatga, maqsadlariga erishishida bilim, o’z ustida ishlab harakat qilishi kerakligini bildirdi. Bugungi kunda yosh avlodning ta'lim olishi, xususan, milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiyasining o’ziga xos jihatlariga e'tibor qaratib, tashabbuskorlik, ijtimoiy mas'uliyat, vatanparvarlik ular uchun muhim bo’lishini aytib o’tdi.
Viloyat hokimi bilan muloqotda bo’lgan yoshlar dorivor o’simlik yetishtirish bo’yicha kooperatsiya tashkil etish, poyabzal ishlab chiqarish tsexini kengaytirish, xususiy klinika ochish, eshik, deraza va rom ishlab chiqarishni yanada kengaytirish uchun bank krediti ajratish, chim ustida xokkey sporti faoliyatini kengaytirish hamda sport anjomlari va moddiy texnik bazasini yangilash, yoshlar markazi binosini to’liq ta'mirlash kabi takliflarni ilgari surishdi.
Xayrullo Bozorov yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan yosh tadbirkorlarning tarmoqlaridagi yuzaga kelayotgan masalalarini birma-bir tingladi. Yoshlarda g’oya va tashabbuslar ko’pligi, ular tomonidan ham yangi ish o’rinlari yaratilayotganligi ta'kidlanib, bugungi uchrashuvda bildirilgan har bir taklif va masalalar mas'ullar tomonidan hal etilishi ma'lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram