Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI YEVROPA ITTIFOQINING O’ZBEKISTONDAGI YANGI TAYINLANGAN ELCHISINI QABUL QILDI
2024-10-16 09:51:44 1890
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov YEvropa Ittifoqining O’zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Toyvo Klaar boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda O’zbekiston va YEvropa Ittifoqi o’rtasidagi izchil rivojlanib borayotgan munosabatlarning bugungi bosqichida Farg’ona viloyatidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog’ida Toyvo Klaarga Farg’ona viloyatining iqtisodiy, investitsion va qishloq xo’jaligi sohalaridagi ko’rsatkichlari hamda viloyatning o’ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
So’nggi yillarda Farg’ona viloyatining xorijiy davlatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani, YEvropaning rivojlangan davlatlari bilan ham o’zaro manfaatli munosabatlar yo’lga qo’yilayotgani ma'lum qilindi. Buning natijasida viloyatimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarning hajmi yildan yilga oshayotgani ta'kidlandi.
Viloyat hokimi Farg’ona shahridagi Agroxizmatlar markazida jahon standartlari asosida o’quv markazi va zamonaviy laboratoriya tashkil etish, Quva tumanida ko’chatchilik, urug’chilikni yanada ko’paytirish hamda meva va sabzavotlarni chuqur qayta ishlash oldinda turgan muhim yo’nalishlardan ekanligini qayd etib, bu borada hamkorlik qilish bo’yicha takliflarni ilgari surdi.
Joriy yil 6-7 noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tadigan biznes-forumga taklif etgan Toyvo Klaar, ushbu forumda YEI ko’plab biznes doiralari ishtirok etishini ta'kidlab, bu kabi forumlarda viloyatimiz sohaga mas'ul vakillarining ishtiroki ham viloyat qishloq xo’jaligi salohiyatini ko’rsatishga zamin yaratishini ma'lum qildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan har bir taklif, masalalar bo’yicha tizimli ish tashkil qilishga kelishildi.
Mehmonlar viloyatimizdagi qishloq xo’jaligi tarmoqlarida yetishtiralayotgan turli mahsulotlar hamda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram