
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		VILOYAT HOKIMI AQSHNING SILK ROAD PROFESSIONALS HAMDA PINNACLE TEACHING SOLUTIONS KOMPANIYASI RAHBARLARINI QABUL QILDI
	
				
	
2024-10-16 15:41:27 2106
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov AQShning Silk Road Professionals hamda Pinnacle teaching solutions kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi. Unda hamkorlikda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ingliz tilini o’rgatishni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari mamlakatimizda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatda bu borada yaratilgan sharoitlarga to’xtalib, IT park tashkil etilganligi, yoshlar o’rtasida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishga qiziqish kuchayib borayotganligini ta'kidladi. Shu bilan birgalikda ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o’rgatishda yangi texnologiyalar qo’llanilib, xorijiy davlatlar bilan bu yo’nalishda hamkorlik yo’lga qo’yilayotgani bildirildi.
Silk Road Professionals kompaniyasi rahbari Jeyms Vagner faoliyati haqida ma'lumot berib, ilk bor Farg’onada kompaniyaning filialini ochish rejalashtirilayotganini ma'lum qildi. Mahalliy dasturchilar bilan hamkorlikda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish ham eksportini amalga oshirish borasida takliflar bildirildi.
Pinnacle teaching solutions kompaniyasi rahbari Vestal Donald Grey ingliz tilini o’rgatishda katta tajribaga ega ekanligi, 2020 yildan O’zbekiston bilan hamkorlik qilib kelayotganligini qayd etib, viloyatimizdagi ta'lim muassasalarida ham malakali ingliz tili o’qituvchilarni jalb etgan holda o’qitishni yo’lga qo’yishni aytib o’tdi. Shu bilan birgalikda dasturchilar uchun ham ingliz tilini o’rgatish zarurligini ta'kidladi.
Viloyat rahbari ularning takliflarini qo’llab-quvvatlab, hamkorlik uchun tayyorligini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
    Facebook,
    Telegram,
    Facebook,
    YouTube,
    Instagram

		
	


