
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONALIK O’QUVCHI QIZ MICROSOFT KOMPANIYASINING O’ZBEKISTONDAGI ILK AMBASSADORI BO’LDI

2024-10-17 15:16:30 1531
Farg’onadagi 10-maktabning 11-sinf o’quvchisi Dilafruz Jo’raboyeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga mo’ljallangan Microsoft Learn Student dasturi ambassadori bo’ldi.
Endilikda Dilafruz Microsoft kompaniyasining O’zbekistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu dastur kompaniyaning yoshlarga mo’ljallangan loyihasi bo’lib, u kompaniyaning butun dunyo bo’ylab texnologiya sohasida bilimli, faol va intiluvchan yoshlarini saralab oladi.
“Ushbu loyihaga topshirishim ham, kirishim ham oson kechmadi, — deydi Dilafruz Jo‘raboyeva. — Texnik tomondan bilimlarim yaxshi bo‘lgani uchun meni nominatsiyaga qo‘yishdi. 1 yil davomida kompaniya tomonidan berilgan turli shartlar va topshiriqlarni a’lo darajada bajarish talab etildi. Shulardan biri Sun’iy intellekt texnologiyasi bo‘yicha berilgan 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlar bo‘ldi.
Ayni damda Dilafruz Yandex uchun o’qish va stajirovkaga topshirgan, sinovlardan yaxshi o’tsa Yandexning katta loyihalariga qo’shilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Dilafruz Microsoft Developers Community Uzbekistan, Sado24, NET Documentation Uzbekistan. Turli startup, ko’plab hakaton va musobaqalar ishtirokchisi. IT Community Uzbekistan'ning Farg’ona vodiysi bo’ylab ambassadori hamda “Ibrat” speaking klubining volontyori sifatida ham faoliyat olib boradi.
U IT sohasidagi 46 nafar ayol va qizlar qatoridan joy olgan va O’zbekistondagi top 12 ta sport dasturchi qizlar jamoasiga qo’shilgan.