Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI QATARNING JTA INTERNATIONAL INVESTMENT HOLDING KOMPANIYASI BOSH DIREKTORI AMIR ALI SALEMINI QABUL QILDI
2024-10-17 19:24:45 1373
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qatarning JTA International Investment Holding kompaniyasi bosh direktori Amir Ali Salemini qabul qildi.
Uchrashuvda viloyatimizda qator yo’nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Viloyat rahbari dastlab Farg’onaning iqtisodiy-investitsion salohiyati haqida to’xtalib, iqtisodiy, investitsion loyihalar, eksport, turizm, sanoat, ishlab chiqarish, AyTi sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarni aytib o’tdi.
Qatarlik ishbilarmon mavjud imkoniyatlarga yuqori baho berib, Qatar va Buyuk Britaniyada korporativ tashkilotlari, sho’'ba kompaniyalari tomonidan energetika, innovatsiyalar va texnologiyalar, turizm va transport, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sohalarida faol ish olib borilayotganligi, erishilgan yutuqlar to’g’risida ma'lumot berdi. Kelgusida Farg’ona viloyatida turizm qishlog’i tashkil etish va qishloq xo’jaligi tarmoqlariga investitsiya kiritish niyati borligini qayd etdi. Ushbu yo’nalishlarda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlar yuzasidan takliflar bildirildi.
Viloyat hokimi turizm va qishloq xo’jaligi tarmoqlaridagi istiqbolli loyihalar viloyat uchun juda muhim ekanligini qayd etib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan har bir loyiha qo’llab-quvvatlanishi, kerakli ko’mak ko’rsatilishini ma'lum qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram